1-yanvar bitta fuqoraga ochiladigan kartalar soni 20 tagacha cheklanmoqda

20.01.2025 18:57
Markaziy bank bitta jismoniy shaxsga ochiladigan bank kartalari sonini cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy qildi. Endilikda banklar bitta fuqaroga beriladigan kartalar soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha etib belgilanmoqda.

Markaziy bank tomonidan bitta jismoniy shaxsga ochiladigan bank kartalari sonini cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib shu yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha joriy qilinmoqda.

Endilikda banklar tomonidan bitta fuqaroga beriladigan kartalar soni bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha etib belgilanmoqda.

2024-yilning noyabr oyi holatida jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizi 5 tagacha bank kartasiga ega, 3 foiz fuqarolarda 5–20 tagacha, hamda faqat 7 ming kishida 20 tadan ortiq kartalar mavjud.

Jismoniy shaxslar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yo‘q) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlangan.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda fuqarolar o‘zlarining nomiga nechta bank kartasi ochilgani bo‘yicha axborot beruvchi manba mavjud emas.


#O‘zMilliybank#cheklov#karta

Eng ko'p o'qilgan