Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani hisoblovchi kalkulyator ishga tushirildi

27.02.2025 15:11
Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani hisoblovchi kalkulyator ishga tushirildi. Undan foydalanib 2015-yildagi 100 ming so'm 2025-yilga kelib, 300 ming so'mga teng bo'lishini bilish mumkin.
Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani hisoblovchi kalkulyator ishga tushirildi

Markaziy bank rasmiy veb-saytida inflyatsiyaning pul qiymatiga ta’sirini baholash imkonini beruvchi inflyatsiya kalkulyatori ishga tushirildi.

Ushbu inflyatsiya kalkulyatoridan foydalanib iste’mol savatchasidagi tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin bo'ladi.

Foydalanuvchilar istalgan vaqt oralig‘ini tanlab, mablag‘larining sotib olish qobiliyati qanday o‘zgarganini bilishlari mumkin. 

Kalkulyator Statistika agentligining iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha oylik ma’lumotlaridan foydalangan holda yakuniy narxni hisoblab beradi. 

Shuningdek, u o‘rtacha yillik va oylik inflyatsiya ko‘rsatkichlarini ham chiqaradi.

Ushbu xizmat veb-saytning bosh sahifasi va Pul-kredit siyosati bo‘limida joylashgan.

Avvalroq, SoliqUz mobil ilovasida xorijga chiqishda cheklovlarni tekshirish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandik.

#inflyatsiya#kalkulyator

Eng ko'p o'qilgan