Contact Finance yillik 25 foiz daromad keltiruvchi obligatsiya chiqarmoqda

04.02.2026 10:39
Contact Finance mikromoliya tashkilotining korporativ obligatsiyalari Toshkent fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Birja matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tashkilotning 25 foizli obligatsiyalari sotuvi 2026-yil 4-fevraldan boshladi.
Contact Finance yillik 25 foiz daromad keltiruvchi obligatsiya chiqarmoqda

Foto: Sora AI

Contact Finance mikromoliya tashkilotining korporativ obligatsiyalari Toshkent fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Birja matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tashkilotning korporativ obligatsiyalari sotuvi 2026-yil 4-fevraldan boshladi. 

Mazkur obligatsiyaning nominal qiymati 100 ming so‘mni tashkil etib, umumiy emissiya hajmi 10 mlrd so‘mga yetadi. 

Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish muddati ularni joylashtirish boshlangan kundan e’tiboran 3 yil etib belgilangan. 

Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha yillik daromadlilik 25 foizni tashkil etadi va foizli daromadlar 1 oyda bir marotaba to‘lanadi. 

Ma’lumot uchun, bugungi kunda banklardagi omonatlarning yillik stavkasi 21 foizni tashkil etmoqda. 

Avvalroq, Asakabank korporativ obligatsiyalari sotuvi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#Toshkent_fond_birjasi#contact_finance#obligatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar