Banklar va to‘lov tizimlarida kiberhujum kuzatilmagan— Markaziy bank

04.02.2026 10:51
Markaziy bankning izoh berishicha, hozirgi vaqtda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan kiberhujum sodir etilgani qayd etilmagan.
Banklar va to‘lov tizimlarida kiberhujum kuzatilmagan— Markaziy bank

Foto: Daryo

3-fevral kuni OAuth tizimi buzilgani va 15 mln foydalanuvchi ma’lumotlari darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank bayonotiga ko'ra, hozirgi vaqtda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimlarining axborot tizimlariga nisbatan bunday kiberhujum sodir etilgan. 

Nazorat organi mazkur holat yuzasidan fuqarolardan quyidagilarga amal qilishni so‘radi:

  • noma’lum va shubhali manbalarda tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik
  • shaxsiy ma’lumotlar (bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar, parollar)ni hech kimga bermaslik
  • faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan axborotlarga ishonish
  • shubhali holatlarga duch kelganda tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish

Avvalroq, Kiberxavfsizlik markazi holat yuzasidan bayonot bergandi.

Markaz o‘z bayonotida vaziyat yuzasidan tekshiruvlar olib borilayotganini va bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o‘z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz – deyiladi xabarda.

Hozirda rasmiylar bu masala yuzasidan tekshiruvlar olib bormoqda. tanga.uz holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni berib boradi.

#markaziy_bank#banklar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar