Termiz shahridagi Indenim ko‘ngilochar savdo markazi vaqtinchalik yopildi — FVV

04.02.2026 15:40
Termiz shahrida joylashgan Indenim ko‘ngilochar savdo markazi vaqtinchalik yopildi. Ma’lum qilinishicha, markazni Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov shaxsan tekshirgan. Savdo markazining yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Termiz shahridagi Indenim ko‘ngilochar savdo markazi vaqtinchalik yopildi — FVV

Foto: Yandex Maps

Termiz shahrida joylashgan Indenim ko‘ngilochar savdo markazi vaqtinchalik yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, markazni Favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov shaxsan tekshirgan. 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, savdo markazining yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. 

Shu bois, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar markazning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. 

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, markazning faoliyati odatdagidek davom etadi.

Vazirlik bayonotida markazda aniqlangan bir qator kamchiliklar sanab o‘tilgan. 

Xususan, favqulodda vaziyatlar uchun mo‘ljallangan zaxira chiqish eshigi to‘sib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. 

Bundan tashqari, bino ichidagi yong‘in o‘chirish kranlarining nosoz holati ham aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, 31-yanvar kuni Toshkent shahridagi Aviator savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Natijada bir kishi halok bo‘lgan.

#indenim#fvv#termiz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar