Apple Pay va Google Pay kabi to‘lov tizimlari uchun O‘zbekiston bozori ochilmoqda

05.02.2026 09:29
O‘zbekistonda yaqin kelajakda Apple Pay, Google Pay, PayPal kabi to‘lov tizimlari rasman ishga tushishi mumkin. Bunga sabab, ularning mamlakatga kirishini cheklab turgan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmoqda.
Apple Pay va Google Pay kabi to‘lov tizimlari uchun O‘zbekiston bozori ochilmoqda

Foto: depositphotos.com

O‘zbekistonda yaqin kelajakda Apple Pay, Google Pay, PayPal kabi to‘lov tizimlari rasman ishga tushishi mumkin. 

Bunga sabab, ularning mamlakatga kirishini cheklab turgan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmoqda. 

O‘zgartirilayotgan qonun shaxsga doir ma’lumotlar haqida bo‘lib, u ma’lumotlarni faqat O‘zbekiston hududida saqlashni talab qiladi. 

Natijada xalqaro to‘lov tizimlarining O‘zbekiston bozoriga kirishi ma’lum darajada cheklanib qolgan. 

Qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar bu boradagi muammolarni bartaraf etishi aytildi. 

Qonunda ayrim turdagi shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston hududida saqlanishi shartligi belgilanmoqda. 

Bular biometrik, genetik hamda telekommunikatsiya xizmatlariga oid ma’lumotlardir.

Avvaliga, yangilangan qonun deputatlar tomonidan ma’qullandi. So‘ngra, 5-fevral kuni uni Senat ham tasdiqladi

Senatorlar fikricha, ushbu qonun elektron tijoratni rivojlantirish va internet platformalaridan foydalanishni yanada osonlashtiradi.

#google_pay#to'lov_tizimi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar