Senat O‘zbekistonda islomiy bank joriy etilishiga doir qonunni ma’qulladi

05.02.2026 10:41
Oliy Majlis Senati O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini huquqiy jihatdan joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziya turi joriy etilmoqda.
Senat O‘zbekistonda islomiy bank joriy etilishiga doir qonunni ma’qulladi

Foto: Bank Islam

Oliy Majlis Senati O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini huquqiy jihatdan joriy etishga qaratilgan qonunni ma’qulladi

Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun alohida litsenziya turi joriy etilmoqda. 

Ushbu litsenziya banklarga to‘liq islomiy bank sifatida ishlash yoki bir vaqtning o‘zida ham an’anaviy, ham islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi. Litsenziya olish talablari ham aniq belgilab qo‘yilgan. 

Islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bankda va islomiy bank faoliyatini yurituvchi banklarda Islomiy moliya kengashlari tuziladi. 

Kengash faoliyatiga qo‘yiladigan talablar ham qonunda o‘z aksini topmoqda. 

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga islomiy moliya operatsiyalariga oid alohida bob kiritilmoqda. 

Unga ko‘ra, islomiy moliya faoliyatidan olingan daromadlar soliq maqsadlarida foizli daromadlarga tenglashtiriladi. 

Banklar va mikromoliya tashkilotlari mijozlarga sotadigan tovarlarga qo‘shiladigan qo‘shimcha qiymat solig‘i undirilmaydi. 

Bu islomiy moliya operatsiyalarining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda belgilangan. 

Senatorlar fikricha, ushbu qonun aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 

Shuningdek, bank-moliya sohasida raqobat muhitini yaxshilab, yangi strategik sarmoyadorlarning kirib kelishiga xizmat qiladi.

#islomiy_bank#senat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar