2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi 7,2 foizni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich inflyatsiya statistikasi e’lon qilina boshlagandan buyon qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, 2025-yil yanvar oyidagi yillik inflyatsiya 9,9 foiz darajasida edi.
Meva va sabzavot mahsulotlari narxlaridagi mavsumiy o‘zgarishlar hisobga olinmaganda, 2026-yil yanvar holatiga ko‘ra yillik inflyatsiya 8,1 foizga teng bo‘lardi.
Umuman olganda, O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2025-yil iyuldan beri bir maromda pasayib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, 2025-yil yakuniga ko‘ra mamlakatda umumiy inflyatsiya 7,3 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,7 foizgacha tushdi.
2026-yil oxiriga kelib inflyatsiya darajasi 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Markaziy bank belgilangan 5 foizlik maqsadli inflyatsiya darajasiga 2027-yil oxirida erishishni maqsad qilgan.
