Endi kafil bo‘lishdan oldin qarz oluvchining kredit tarixini tekshirish mumkin

06.02.2026 10:24
KATM mobil ilovasi yangi funksiyalar bilan boyitildi. Ilovada bir vaqtning o‘zida uchta yangi pullik xizmat ishga tushirildi. Ular ishonchli kafil, kimga kafilman hamda muddati o‘tgan to‘lovlar hisoblanadi.
Endi kafil bo‘lishdan oldin qarz oluvchining kredit tarixini tekshirish mumkin

Foto: KATM

KATM mobil ilovasi yangi funksiyalar bilan boyitildi. Ilovada bir vaqtning o‘zida uchta yangi pullik xizmat ishga tushirildi.

Ishonchli kafil xizmati

Ushbu xizmat orqali kafil bo‘lishdan avval qarz oluvchining kredit tarixini o‘rganish imkoniyati mavjud. 

Xususan, uning joriy majburiyatlari, to‘lov intizomi va skoring balli haqidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish narxi 8 240 so‘m miqdorida belgilangan.

Kimga kafilman xizmati

Mazkur xizmat foydalanuvchiga qaysi shaxslarga kafil ekanligini ko‘rish, mavjud kafillik majburiyatlarini nazorat qilish hamda moliyaviy xatarlarni baholash imkonini beradi. Undan foydalanish narxi 2060 so‘mni tashkil etadi.

Muddati o‘tgan to‘lovlar xizmati

Bu xizmat orqali asosiy qarzdorlik bo‘yicha 90 kundan ortiq kechiktirilgan to‘lovlarning kredit tarixidan qachon chiqarilishi (o‘chirilishi) muddatini kuzatib borish mumkin. Uning narxi 4120 so‘mni tashkil etadi.

#katm

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar