Dollar kursi o‘n ish kunidan buyon ko‘tarilib kelmoqda

06.02.2026 11:19
Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 9-fevral kuni uchun dollar kursini 12 303,16 so‘m etib belgiladi. Bunda rasmiy kurs ketma-ket o‘n ish kuni davomida ko‘tarilib, shu muddat ichida 218 so‘mga qimmatladi.
Dollar kursi o‘n ish kunidan buyon ko‘tarilib kelmoqda

Foto: Bloomberg

Markaziy bank valyuta birjasiga tayanib, 9-fevral kuni uchun dollar kursini 12 303,16 so‘m etib belgiladi. 

Bunda rasmiy kurs ketma-ket o‘n ish kuni davomida ko‘tarilib, shu muddat ichida 218 so‘mga qimmatladi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil boshida rasmiy kurs 11 950 so‘m edi. Bu esa rasmiy kurs yil boshidan buyon 353 so‘mga qimmatlaganini ko‘rsatadi.

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, bu davr mobaynida so‘mdan tashqari boshqa ko‘plab valyutalar ham dollarga nisbatan qadrsizlangan. 

So‘nggi kunlarda oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar narxida ham pasayish kuzatildi. 

Iqtisodchi so‘mning qadrsizlanishi davom etishini global tendensiyalarga mos keladigan tabiiy jarayon ekanligini ta’kidladi.

#dollar_kursi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar