Usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

09.02.2026 12:38
Prezident qarori bilan usta dehqonlar 75 mln so‘mgacha subsidiya olishlari mumkin. Buning uchun ular mahalladagi xonadonlarning 30 foizini yuqori daromadli mahsulot yetishtirishga jalb qilishi lozim.
Usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Foto: rek.uz / YouTube

Usta dehqonlarga 75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi

Mazkur qaror aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan. 

Unga ko‘ra, yuqori daromadli mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi. 

Bunda ularga har 10 ta xonadonni yuqori daromadli mahsulot yetishtirishga jalb qilgani uchun 2 mln so‘m subsidiya taqdim etiladi.

Mahalladagi xonadonlarning 30 foizini jalb qilganlari uchun esa 75 mln so‘m subsidiya beriladi. 

Qaror bilan tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski bog‘larni qayta tiklash va yangilarini barpo etish uchun quyidagi subsidiyalar belgilangan. 

Jumladan, sertifikatga ega mevali daraxt ko‘chati narxining 50 foizi, biroq har bir ko‘chat uchun meva turiga qarab 30 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda mablag‘ ajratiladi. 

Shuningdek, mevalarning turiga qarab har bir o‘rnatilgan ustun narxining 50 foizi, ammo 70 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya beriladi. 

Bundan tashqari, har bir sotixga yomg‘ir suvini yig‘ish va tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish uchun 160 ming so‘mgacha mablag‘ taqdim etiladi. 

Qolaversa, suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini yaxshilash uchun alohida subsidiya ajratildi. 

Bunda quvvati 10 kilovatt soatdan kam bo‘lmagan quyosh panelini o‘rnatish uchun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiyalar belgilangan.

#usta_dehqonlar#subsidiyalar#kambag'allikni_qisqartirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar