Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Murodov tayinlovga qadar agentlik huzuridagi Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish kompaniyasi direktori edi.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident agentlik rahbari Akmaljon Ortiqovni lavozimidan ozod etganini ma’lum qilgandi.
Yig‘ilishda aytilishicha, agentlikning mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 mlrd so‘mlik obyektni yopiq auksionga chiqarib, 120 mlrd so‘mga sotib yuborishgan.
Ayrim manbalar Ortiqov hibsga olinganini, tergovni esa DXX olib borayotganini xabar qilmoqda.
Yangi rahbar haqida
Sohibjon G‘ofurjonovich Murodov 1987-yilda tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.
2015-yilda esa O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini bitirgan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda bank tizimida boshlagan. Bir yil davomida SQBda faoliyat yuritgan.
2006-yildan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligida ish boshlab, 2017-yilgacha agentlikning turli yuqori lavozimlarida ishlagan.
2017-2021-yillarda Hisob palatasining yetakchi inspektori bo‘lgan. 2021-yildan boshlab esa Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish kompaniyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
