Biznes boshlayotganlar uchun garovsiz kreditlar 50 mln so‘mgacha oshirildi

10.02.2026 05:08
Biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga garovsiz kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha oshirildi. Chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda esa chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha oshirildi.
Biznes boshlayotganlar uchun garovsiz kreditlar 50 mln so‘mgacha oshirildi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta

O'zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi

Qarorda mahallalarda tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lganlar, xususan o‘zini o‘zi band qilganlarga bir qator imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan. 

Ularga garovsiz ajratiladigan kreditlar miqdori 50 mln so‘mgacha ko‘paytirildi. 

Chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarda esa chorva mollari xaridi va tuyachilik uchun kredit miqdori 100 mln so‘mgacha oshirildi. 

Mazkur kreditni olish uchun chorva mollari import qilingan va sertifikatlangan bo‘lishi kerak. 

Qarorga binoan, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda uy mehmonxonalarini tashkil etish uchun 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. 

Shuningdek, ixtisoslashuvi 50 foizdan yuqori bo‘lgan mahallalarda mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash uchun mini-texnologiyalar sotib olishga garovsiz kredit olish imkoniyati yaratildi. 

Yuqorida keltirilgan kreditlar uchun tovar yoki xizmatni oldindan ta’minlash talab qilinmaydi.

#garovsiz_kredit#kambag'allikni_qisqartirish

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar