O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekord o‘rnatdi — 75 mlrd dollar

10.02.2026 07:52
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,8 mlrd dollarga ko‘paydi. Natijada, 1-fevralga kelib zaxiralar 75,1 mlrd dollarni tashkil etib, rekord ko‘rsatkichga erishdi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yangi rekord o‘rnatdi — 75 mlrd dollar

Foto: Bloomberg

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,8 mlrd dollarga ko‘paydi. 

Natijada, 1-fevralga kelib zaxiralar 75,1 mlrd dollarni tashkil etib, rekord ko‘rsatkichga erishdi. 

Zaxiralarning o‘sishiga yanvar oyida oltinning 1 troy unsiyasi narxi 4390 dollardan 5064 dollargacha ko‘tarilishi sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 

Oltin narxining oshishi tufayli zaxiralar 8,6 mlrd dollarga ko‘paygan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa bir oy ichida 9,3 tonnaga oshib, 398 tonnaga yetdi. 

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa yanvar oyida 1,12 mlrd dollarga kamayib, 9,5 mlrd dollarni tashkil etdi. 

Bu pasayish zaxiralar tarkibida naqd valyuta va depozitlarning kamayishi hisobiga yuz berdi. 

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, O‘zbekistonda oltin quymalari narxi 29-yanvarda rekord darajaga ko‘tarildi. Keyingi kunlarda esa narx pasayishi kuzatildi. 

10-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 2 mln 53 ming so‘mni tashkil etmoqda.

#oltin-valyuta#oltin_zaxirasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar