Obidjon Norqulov Asia Alliance Bank boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Mazkur qaror bankning 30-yanvar kunidagi yig‘ilishida qabul qilindi.
Shuningdek, shu kuni Akmal Mansurov ham bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi.
Hozirda bankning rasmiy saytida boshqaruv tarkibida bank boshqaruv raisi, G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i hamda Yuridik bo‘lim boshlig‘i ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Obidjon Norqulov 1984-yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2005-yilda bank tizimida boshlagan.
20 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida bir qator banklarning turli yuqori lavozimlarida ishlagan.
2018-yildan Asia Alliance Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari, 2023-yildan boshlab esa boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Akmal Mansurovga kelsak, u 1982-yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2003-yilda bank tizimida boshlagan.
22 yildan ziyod mehnat faoliyati davomida bir qator banklar hamda kompaniyalarda ishlagan.
2020-yilda Asia Alliance Bank Operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yilda esa bank boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
