Yanvar oyida uy-joy va ijara narxlari qanday o‘zgardi?

13.02.2026 08:07
Yanvar oyida O‘zbekiston bo‘yicha ikkilamchi bozordagi uyning 1 kvadrat metri uchun o‘rtacha narxi 0,9 foizga oshdi. Yillik hisobda esa bu ko‘rsatkich 8 foizga ko‘tarildi. Narxlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Surxondaryo (26,6%) va Sirdaryoda (21,9%) kuzatildi.
Yanvar oyida uy-joy va ijara narxlari qanday o‘zgardi?

Foto: Shoxrux Xaydarov / Gazeta

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori dinamikasi bo‘yicha tahlilini taqdim etdi.

2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 28,6 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzildi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 mingtaga yoki 12 foizga ko‘paygan. 

Yanvar oyida ko‘chmas mulk bozorining uchdan bir qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. 

Shuningdek, Toshkent shahri (33,4%) savdolar hajmining yillik o‘sishi bo‘yicha ham yetakchilik qildi. 

Keyingi o‘rinlarda esa Samarqand (26%) va Sirdaryo (24%) viloyatlari qayd etildi.

Ikkilamchi bozor

Yanvar oyida O‘zbekiston bo‘yicha ikkilamchi bozordagi uyning 1 kvadrat metri uchun o‘rtacha narxi 0,9 foizga oshdi. 

Yillik hisobda esa bu ko‘rsatkich 8 foizga ko‘tarildi. Narxlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Surxondaryo (26,6%) va Sirdaryo (21,9%) viloyatlarida kuzatildi.

Toshkent shahri

Yanvar oyida Toshkent shahrida ikkilamchi bozordagi uy-joyning 1 kvadrat metri uchun o‘rtacha narxi 1120 dollarni tashkil etdi. 

Bunda narxlar oylik hisobda 0,6 foizga, yillik hisobda esa 2 foizga ko‘tarildi. 

Poytaxt tumanlaridagi eng yuqori o‘sish Yakkasaroy (5,7%) va Mirobod (4,3%) tumanlarida qayd etildi. 

Yanvar oyida poytaxtdagi birlamchi, aniqrog‘i yangi uylarning narxi ham oshdi. 

Xususan, ularning narxi ikkilamchi bozorga nisbatan ko‘proq, ya’ni 9 foizga ko‘tarildi. 

Yangi uy narxlarining o‘sishi Mirobod (18,4%) va Mirzo Ulug‘bek (17,3%) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Poytaxtdagi ijara bozori

Yanvar oyida Toshkent shahridagi uy-joy ijarasining 1 kvadrat metri uchun o‘rtacha narxi 8,8 dollarni tashkil etdi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9 foizga oshgan. 

Poytaxtdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod va Shayxontohur tumanlariga to‘g‘ri keldi. 

Ayni paytda poytaxtdagi ijara narxlarining sezilarli o‘sish sur’atlari Olmazor, Yashnobod, Yunusobod hamda Chilonzor tumanlarida kuzatilmoqda. 

Ushbu tumanlarda uy-joy ijara narxlarining yillik o‘rtacha o‘sishi qariyb 13 foizni tashkil etdi.

#itim#uy-joy#ijara

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar