Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va majmualarini Ramazon oyida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini asossiz oshirmaslik haqida ogohlantirdi.
Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, Prezident bu borada tegishli topshiriqlar bergan.
Qo‘mita savdo tarmoqlari va yetkazib beruvchi korxonalarga quyidagi majburiyatlarni yukladi:
- ramazon oyida talab keskin oshishi kutilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlash;
- logistika xarajatlari yoki boshqa omillar tufayli narxlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida qo‘mitani zudlik bilan xabardor etish;
- yetkazib beruvchilar tomonidan narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida narxlarning keskin ko‘tarilishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ham qo‘shimcha qildi.
