2025-yilda O‘zbekistonda elektron tijorat bozori 1,5 barobarga o‘sdi

17.02.2026 12:03
2025-yilda O‘zbekistonda elektron savdo platformalari soni 79 taga ko‘payib, 115 taga yetdi. Mazkur platformalar orqali amalga oshirilgan savdolar 22,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 7,5 trln so‘mga yoki 1,5 barobarga oshgan.
2025-yilda O‘zbekistonda elektron tijorat bozori 1,5 barobarga o‘sdi

Foto: Pinterest

2025-yilda O‘zbekistonda elektron savdo platformalari soni 79 taga ko‘payib, 115 taga yetdi. Bu haqda ILMA xabar berdi

Mazkur platformalar orqali amalga oshirilgan savdolar 22,7 trln so‘mni tashkil etdi. 

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 7,5 trln so‘mga yoki 1,5 barobarga oshgan. 

Manba: ILMA

2025-yilda elektron tijoratning chakana savdodagi ulushi 0,9 foiz bandga oshib, 4,6 foizni tashkil etdi.

Karantin davrida, aniqrog‘i 2020-yilda, elektron tijorat savdo hajmi 1 trln so‘mni tashkil etgan edi. Karantindan oldin, ya’ni 2019-yilda, bu ko‘rsatkich 275 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. 

2022-yilga kelib esa elektron tijoratdagi savdo hajmi 10,9 trln so‘mga yetdi. 

Ma’lumot uchun, shu yilning fevral oyida Uzum Market tashkil etilgan. 

Shunday qilib, 2025-yilda elektron tijorat savdo hajmi 2019-yilga nisbatan 82 barobarga oshgan.

#elektron_savdo

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar