O‘zbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Jumladan, Abrorjon Xudoyberganov kompaniya boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: tanga.uz
Suhrob Hamroyev esa boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Ularning tayinlovi e’lon qilinishidan avval kompaniya rahbarining ikkita o‘rinbosari bo'shatilgani ma’lum bo‘ldi. Bular G‘ayrat Yo‘ldoshov hamda Qahramon Hakimov edi.
Yo‘ldoshov boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan bo‘lsa, Hakimov kadr masalalari bo‘yicha o‘rinbosar vazifasini bajargan.
.jpg)
Foto: Pressuzb
G‘ayrat Yo‘ldoshov bilan mehnat shartnomasi 19-yanvar kuni, Hakimov bilan esa 16-fevral kuni bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, Suhrob Hamroyev hamda Abrorjon Xudoyberganov neft va gazni qayta ishlash sohasida ko‘p yillik tajribaga ega.
