Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi

18.02.2026 05:22
O‘zbekistonda Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga binoan, ehtiyojmand oilalarga va shaxslarga bir martalik yordam ko‘rsatildi.
Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam beriladi

Foto: Daryo.uz

O‘zbekistonda Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrning davlat ta’minotidagi oila toifasiga kiruvchi oilalarga bir martalik 1 mln so‘mlik yordam ko‘rsatiladi. 

Shuningdek, boshqalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bor shaxslar reyestriga kiritilgan fuqarolarga ham 1 mln so‘m miqdorida yordam beriladi. 

Yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar istiqomat qilayotgan oilalarga ham shu miqdorda mablag‘ ajratiladi. 

Bundan tashqari, Ijtimoiy reyestrdagi kambag‘al oila toifasiga kiritilgan oilalarga hamda mahalla yettiligi tomonidan qo‘shimcha ro‘yxatga olingan ehtiyojmand oilalarga bir martalik 500 ming so‘mlik yordam ko‘rsatiladi. 

Qarorda yana bir muhim masala ham belgilangan. Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor a’zolarining davolanishi va jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. 

Belgilangan mablag‘lar 2026-yil 1-martga qadar tasdiqlangan ro‘yxat asosida fuqarolarning ijtimoiy kartalari yoki bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

#yordam_puli#ramazon_oyi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar