Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

18.02.2026 06:18
16-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 30 foizni tashkil etmoqda. So‘nggi bir hafta ichida bu ko‘rsatkich 0,8 foizga kamaydi. Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: uznews.uz

Markaziy bank mikroqarz hamda avtokreditlarning banklar kesimida foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

16-fevral holatiga ko‘ra, tijorat banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 30 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir hafta ichida bu ko‘rsatkich 0,8 foizga kamaydi. Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 23 foiz darajasida o'zgarishsiz qoldi.

Eslatma

Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi. 

Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.

#avtokredit#mikroqarz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar