Raqobat qo‘mitasi “Sharofiddin Travel” MChJ va “Fayz Tour Travel” MChJni reklama qonunchiligining buzilishi yuzasidan jarimaga tortdi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ularda Umra tadbirlarini tashkil etish huquqini beruvchi litsenziya bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning oktyabr oyidan Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati bilan faqat litsenziyaga ega turoperatorlar shug‘ullanishi mumkin.
Litsenziyasiz Umra tadbirlarini tashkil etish hamda ularni reklama qilish taqiqlanadi.
Avvalroq, tanga.uz Umra tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziyaga ega turoperatorlar ro‘yxatini tuzgandi.
