2025-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 6 mlrd 636 mln dollarga ko‘paydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumot berdi.
Hisobotga ko‘ra, 2025-yil yakuniga kelib, mamlakatning davlat qarzi 46 mlrd 851 mln dollarni tashkil etgan.

Infografika: tanga.uz
Qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati esa 31,9 foizni tashkil qildi.
2024-yil yakuni bilan taqqoslaganda davlat qarzi 6,6 mlrd dollarga yoki 16,5 foizga oshgan.
Biroq uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan 31,9 foizgacha pasaygan.
Tashqi qarz
O‘zbekiston davlat qarzining 39,8 mlrd dollari yoki 85 foizi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shundan 20,8 mlrd dollari qat’iy belgilangan stavkada bo‘lsa, 18,7 mlrd dollari o‘zgaruvchan foiz stavkasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 281 mln dollari foizsiz, 1,1 mlrd dollari esa milliy valyutada denominatsiya qilingan.
Tashqi qarzning 39,2 mlrd dollari bir yildan ortiq muddatda so‘ndiriladigan qarz hisoblanadi.
Ichki qarz
O‘zbekiston davlat qarzining 7 mlrd dollari yoki 15 foizi ichki qarz hisoblanadi.
Shundan 5,6 mlrd dollari qat’iy belgilangan stavkaga, 71 mln dollari esa o‘zgaruvchan stavkaga to‘g‘ri keladi.
Ichki qarzning 4,6 mlrd dollari bir yildan ko‘proq muddatda so‘ndiriladigan qarzga to‘g‘ri keladi.
.jpg)