Gayane Umerova kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashiga rahbar etib tayinlandi

23.02.2026 08:53
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tarkibini tasdiqladi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi direktori Gayane Umerova uning rahbari etib tayinlandi.
Gayane Umerova kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashiga rahbar etib tayinlandi

Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tarkibini tasdiqladi

Uning rahbari etib Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi direktori Gayane Umerova tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 17-fevral kuni O‘zbekistonda ijodiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgandi.

Unga ko‘ra, 15 kishidan iborat kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashini tuzish ham ko‘zda tutilgan.

Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Sherzod Shermatov – Raqamli texnologiyalar vaziri
  • Ozodbek Nazarbekov – Madaniyat vaziri
  • Akbar Toshqulov – Adliya vaziri
  • Behzod Hamroyev – Milliy statistika qo'mitasi raisi
  • Farrux Po'latov – Soliq qo‘mitasi raisi
  • Ilhom Norqulov – Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
  • Davron Vahobov – Savdo-sanoat palatasi raisi
  • Jahongir Ahmedov – Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari
  • Furqat Usmonov – Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori
  • Xusan Solihov – Kreativ sanoat parki direksiyasi rahbari
  • Azizbek Mannopov – Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi rahbarining birinchi o‘rinbosari

Shuningdek, tarkibga ijodiy sohadagi yetakchi tadbirkor hamda biri mahalliy, ikkinchisi xalqaro ekspert bo‘lgan ikki nafar mutaxassis kiradi. Ularni Gayane Umerova tayinlashi belgilangan.

Kengash nima bilan shug‘ullanadi?

Kengash kreativ sohalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishi belgilangan.

Shuningdek, sarmoyalarni jalb qilish, eksportni oshirish, kontentni monetizatsiya qilish va mualliflik huquqlarini himoya qilish ustida ishlaydi.

Bundan tashqari, kengash Creative Park faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni o‘qitish va malakasini oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Ma’lumot uchun, Gayane Umerova Prezident Administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamentining rahbari va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi hisoblanadi.

#gayane_umerova#kreativ_iqtisodiyot

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar