2025-yilda 57,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi — MIB

23.02.2026 10:06
2025-yilda Majburiy ijro byurosi tomonidan 57,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi. Bu natija 2024-yilga nisbatan 10 trln so‘mga ko‘pdir. Yil davomida 9,6 mln ta hujjat ijrosi ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2,4 mln taga oshgan.
2025-yilda 57,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi — MIB

Foto: Gazeta.uz

2025-yilda Majburiy ijro byurosi tomonidan 57,8 trln so‘mlik undiruvlar amalga oshirildi. Bu natija 2024-yilga nisbatan 10 trln so‘mga ko‘pdir. 

Bu haqda Gazeta.uz nashri MIB rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Haydarovga tayanib xabar bermoqda

Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, yil davomida 9,6 mln ta hujjat ijrosi ta’minlangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 2,4 mln taga yoki 34 foizga oshgan.

Ilgari bir nafar davlat ijrochisi oyiga o‘rtacha 247 ta ijro ishini tamomlagan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 331 tani tashkil qilib, ish unumdorligi ham, davlat ijrochisining ish samaradorligi ham 35 foizga oshdi — dedi Haydarov.

Undirilgan mablag‘larning 3,1 trln so‘mi aliment to‘lovlariga to‘g‘ri kelgan.

Shuningdek, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 869 nafar shaxs ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 36,9 mlrd so‘m ish haqi undirib berilgani aytildi. 

Shu bilan birga, hokimliklardan fuqarolar va tadbirkorlar foydasiga 660 mlrd so‘m kompensatsiya puli undirilgan.

#mib#shavkat_haydarov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar