Ilon Mask va Jeff Bezos O‘zbekistonga kelishi mumkin

23.02.2026 12:28
2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga Ilon Mask va Jeff Bezos kelishi mumkin. O‘zbekkosmos agentligi direktori o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, tadbirga ular, qolaversa sohadagi barcha nufuzli shaxslar taklif etiladi.
Ilon Mask va Jeff Bezos O‘zbekistonga kelishi mumkin

Foto: Getty Images

Ilon Mask va Jeff Bezos O‘zbekistonga taklif etiladi. Bu haqda O‘zbekkosmos agentligi direktorining o‘rinbosari Muhiddin Ibrohimov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 2028-yilgi Xalqaro astronavtika kongressi Samarqandda o‘tkaziladi. 

Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kongressga kosmik sohasidagi barcha nufuzli shaxslar taklif etiladi. Jumladan, Ilon Mask hamda Jeff Bezosga ham taklifnoma yuboriladi. 

Ma’lumot uchun, Ilon Mask yirik kosmik kompaniyalardan biri – SpaceX asoschisi hisoblanadi. Jeff Bezos esa Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi.

2025-yil oktyabr oyida Avstraliyaning Sidney shahrida Xalqaro astronavtika kongressi bo‘lib o‘tgan. Unda minglab mutaxassislar bir ovozdan 2028-yilgi kongressni Samarqandda o‘tkazishga qaror qilgan edi. 

O‘zbekkosmos agentligining ma’lum qilishicha, Sidney kongressi Avstraliya iqtisodiyotiga taxminan 27 mln dollar daromad keltirgan. 

Samarqanddagi kongress esa O‘zbekistonga 10 mingdan ortiq xalqaro mehmonni jalb qilishi va xalqaro ko‘rgazmalar orqali turizm, xizmat ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sohalariga sezilarli iqtisodiy foyda keltirishi kutilmoqda.

#ilon_mask#jeff_bezos

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar