Fermerlarga texnika xaridi uchun 18 foizli kredit beriladi

24.02.2026 06:03
Fermerlarga texnika xaridi uchun imtiyozli kredit beriladi. Texnikalar milliy valyutada, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 10 yil muddatga 18 foizli stavkada beriladi. Kredit stavkasining 8 foizi budjet hisobidan qoplanadi.
Fermerlarga texnika xaridi uchun 18 foizli kredit beriladi

Foto: Zoomlion

23-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan taqdimot bilan tanishdi

Yig‘ilishda fermerlarga yangi texnikalarni qulay shartlarda lizingga berish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan 400 mln dollar jalb qilinishi ma’lum qilindi. 

Texnikalar milliy valyutada, 2 yillik imtiyozli davr bilan, 10 yil muddatga 18 foizli stavkada beriladi. Kredit stavkasining 8 foizi budjet hisobidan qoplanadi. 

Shuningdek, 2026-yilda fermerlarga texnika qiymatining 15 foizini qoplash uchun 660 mlrd so‘m subsidiya yo‘naltirilishi ma’lum qilindi. 

Rejaga ko‘ra, 2026-yilda Agrobank tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun 3,9 trln so‘m kredit ajratilishi mo‘ljallangan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 1,6 trln so‘m edi.

#fermerlar#qishloq_xo'jaligi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar