Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalarning faoliyati vaqtincha cheklanadi

26.02.2026 06:29
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalarning faoliyati vaqtincha cheklanadi. Cheklovga ob-havoning keskin sovishi oqibatida magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimining pasaygani sabab qilib keltirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalarning faoliyati vaqtincha cheklanadi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalarning faoliyati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Hududgaz axborot xizmati ma’lum qildi. 

Xabarda cheklovlarning qaysi tumanlardagi metan zapravkalarga qo‘llanilishi yoki ularning qaysi vaqt oralig‘ida ishlashi haqida ma’lumot berilmagan.

Cheklovga ob-havoning keskin sovishi oqibatida magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimining pasaygani sabab qilib keltirilgan. 

Ma’lum qilinishicha, vaziyat 3-4 kun ichida ijobiy tomonga hal bo‘ladi. 

Shuningdek, xabarda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barqaror gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlangan.

#metan_zapravka#Qoraqalpog'iston

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar