Markaziy bankning Tadqiqot kengashi tarkibi yangilandi. Bu haqda regulyator axborot xizmati ma’lum qildi.
Yangilangan tarkib asosan nufuzli xorijiy universitetlarda PhD darajasini olgan mustaqil a’zolardan shakllantirilgan.
Kengashga Markaziy bank raisi Temur Ishmetov rahbarlik qiladi.
Markaziy bank raisining o‘rinbosari Nodirbek Achilov esa uning o‘rinbosari etib tayinlandi.
.jpg)
Foto: Markaziy bank
Kengash a’zolarining tarkibi hamda ularning lavozimi quyida keltirilgan:
- Botir Kobilov — Texas Davlat Universiteti professori, PhD, Garvard universiteti, AQSh
- Bekzod Zakirov — Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti Amaliy tadqiqotlar markazi direktori, PhD, Tokyo Universiteti, Yaponiya
- Behzod Hoshimov — Nyu-York Universiteti professori, PhD, Viskonsin universiteti, AQSh
- Farrux Suvankulov — Kanada Banki regional direktori, PhD, RAND Graduate School, AQSh
- Ulug‘bek Saydiyev — Kredit-axborot tahlil markazida maslahatchi, PhD, Koreya ilg‘or fan va texnologiyalar instituti
- Baxtiyor Eshchanov — Yangi O‘zbekiston universiteti Iqtisodiyot kafedrasi mudiri, PhD, Vrije universiteti, Belgiya
- Ashurali Xudaynazarov — Toshkentdagi Webster Universiteti professori, PhD, Frankfurt Gyote universiteti, Germaniya
- Sherzod Xannayev — Tashkent Xalqaro Universitetida ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor PhD, Xiamen universiteti, Xitoy
- Umar Burkhanov — Praga Menejment va Texnologiyalar Instituti professori, PhD, Chexiya ijtimoiy fanlar universiteti
- Bilol Buzurukov — Toshkent shahridagi Vestminster Xalqaro universiteti professori, PhD, Yeungnam universiteti, Koreya
- Sardor A’zam — "Central Asian University" universiteti professori, DSc, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- Gavxar Sultanova — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, PhD
- Nurbek Omonov — Statistika va tadqiqotlar departamenti bo‘lim boshlig‘i
Ma’lumot uchun, Kengash a’zolarini tayinlash va tarkibdan chiqarish Markaziy bank boshqaruvi qarori bilan amalga oshiriladi.
