26-fevral kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

26.02.2026 16:03
26-fevral kuni jahon fond bozorida qator muhim yangiliklar sodir bo‘ldi. Jumladan, Nvidia moliyaviy hisobotlarini e’lon qilinishi, neft fyucherslarining keskin pasayishi hamda qimmatbaho metallar narxining tushishi e’tibor markazida bo‘ldi.
26-fevral kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

Foto: iStock

Nvidia kutilgandan yaxshiroq daromad qayd etdi

Kompaniyaning umumiy daromadi 68,13 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu esa kutilganidan 1,93 mlrd dollarga ko‘proqdir. 

Kompaniya har bir aksiyasi uchun daromad 1,62 dollarni tashkil etib, kutilganidan 0,09 dollarga ko‘proq bo‘ldi.

Moliyaviy hisobotlari e’lon qilingach kompaniya aksiya narxlari 1,41 foizga oshib, 195,56 dollarga yetdi.

AP News tahlilchilari Nvidia kompaniyasining keyingi chorakdagi daromadi 78 mlrd dollarni tashkil etishini prognoz qilmoqda

Bu esa kutilganidan ham yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, investorlar uchun ijobiy signal hisoblanadi.

AQSh bilan Eron mojarosi neft fyucherslarini pasaytirmoqda

26-fevral kuni WTI neft fyucherslari 2,48 foizga pasayib, 63,80 dollarga tushdi. 

Bunga AQSh hamda Eron yadroviy muzokaralarining uchinchi bosqichi boshlangani hamda neft ta’minotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligi yuzasidan xavotirlar sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

Agar AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kamayadigan bo‘lsa ham, neft bozoridagi sust talab narxlarning yanada pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, agar OPEC+ tashkiloti aprel oyidan boshlab neft ishlab chiqarishni oshirsa, narxlar yanada tushishi ehtimoli bor — dedi ING tahlilchilari.

Qimmatbaho metallar uch kunlik o‘sishdan so‘ng pasaydi

Jumladan, oltinning 1 troy unsiyasi narxi 0,82 dollarga pasayib, 5183 dollarni tashkil etdi. 

Shuningdek, kumush narxi 4,32 foizga pasayishi bilan 87,68 dollarga teng bo‘ldi. Shu bilan birga, platina narxi 2,33 foizga pasayib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 20-fevral kuni AQSh Oliy sudi prezident Trampning tariflar bo‘yicha qarorini noqonuniy deb topdi. 

Shundan so‘ng Tramp bunga javoban 15 foizlik bojlarni joriy etdi. Ushbu qaror bozorda savdo urushi xavotirini kuchaytirdi va qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabni oshirdi.

Biroq bugun bozor ishtirokchilari AQSh bilan Eron o‘rtasidagi muzokaralarga e’tibor markazida bo‘lmoqda.

#fond_bozori_dayjest

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar