27-fevral kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

27.02.2026 15:09
27-fevral kuni jahon fond bozorida qator muhim yangiliklar sodir bo‘ldi. Jumladan, bitkoin narxi 2,25 foizga tushdi. Shuningdek, Nvidia aksiya narxlarida ham tushish bo‘ldi. Neft narxi esa aksincha 2,59 foizga oshdi.
27-fevral kuni jahon fond bozorida nimalar ro‘y berdi?

Foto: Getty Images

Nega Nvidia ijobiy daromad hisobotidan keyin quladi?

26-yanvar kuni Nvidia kompaniyasi 68,13 mlrd dollar daromad olgani ma’lum bo‘ldi.

Bu kutilgan prognozlarga nisbatan 1,93 mlrd dollarga ko‘proqdir. Biroq bugun kompaniya aksiyalari narxi 5,46 foizga tushib, 184,89 dollarni tashkil etdi.

Narxlarning tushishiga investorlarning Microsoft, Amazon va boshqa kompaniyalar sun’iy intellekt infratuzilmasiga xarajatlarni kamaytirishi mumkinligidan xavotirlanayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ayrim Wall Street tahlilchilari Nvidia savdosining konsentratsiyasini xavotirli deb ta’kidladi. 

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning ma’lumotlar markazi daromadi taxminan yarmi uning eng yirik Big Tech mijozlaridan kelgan.

Neft narxi oshdi

Bugun WTI neft narxi 2,59 foizga o‘sib, bir barrel uchun 66,9 dollarga yetdi. 

AQSh va Eron o‘rtasidagi mojarolar neft narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgandi. 

Biroq O‘mon elchisi so‘nggi muzokaralar bosqichi haqida ijobiy xulosa bergani 27-fevral kuni neft narxining oshishiga sabab bo‘lgani aytilmoqda

Bitkoin nega pasaydi?

27-fevral kuni bitkoin 2,24 foizga pasayib, 66 ming 255 dollarga tushdi. 

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, narxlar pasayishining asosiy sababi qisqa muddatli investorlarning foydani qayd etishi bo‘lgan.

#fond_bozori_dayjest

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar