16-fevral kuni Hayot Bank aksiyadorlari bank ustav kapitalini 100 mlrd so‘mga oshirishga qaror qildi.
Buning uchun bank nominal qiymati 1 ming so‘m bo‘lgan 100 mln dona oddiy aksiya chiqaradi.
Chiqarilgan aksiyalar yopiq obuna yo‘li bilan mavjud aksiyadorlar o‘rtasida joylashtiriladi.
Jarayon yakunlangach, bank ustav kapitali 100 mlrd so‘mga oshib, 650 mlrd so‘mga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning oktyabr oyida bank ustav kapitali 50 mlrd so‘mga oshirilib, 550 mlrd so‘mga yetkazilgan edi.
Ma’lumot uchun, Hayot Bank 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning yagona aksiyadori Botir Rahimov hisoblanadi.
