O‘zbekistonda E-logistika raqamli platformasi ishga tushirildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu platforma orqali yuk tashish va logistika xizmatlari to‘liq raqamlashtiriladi.
Mazkur platforma Prezident farmoniga binoan ishlab chiqilgan bo‘lib, logistika xarajatlarini kamaytirish, tashishni tezlashtirish va logistika xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Platforma allaqachon bozor ishtirokchilari — yuk jo‘natuvchilar, tashuvchilar va qabul qiluvchilar foydalanishi uchun tayyor.
