Neft narxi o‘sishda davom etmoqda
3-mart kuni WTI neft narxi 6,05 foizga oshib, 75,55 dollarga yetdi. Brent markali neft narxi esa bu vaqt ichida 5,98 foizga oshib, 82,34 dollarni tashkil etdi.
AQSh, Isroil hamda Eron mojarosining kuchayishi va Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopish to‘g‘risidagi bayonoti neft narxining oshishiga olib keldi.
Tabiiy gaz narxi ham oshdi
3-mart kuni tabiiy gaz fyucherslari 6,15 foizga oshib, 3,142 dollarga yetdi.
Bunga Qatar o‘zining ulkan Ras Laffan suyultirilgan gaz zavodida ishlab chiqarishni to‘xtatgani sabab bo‘ldi.
Isroil esa Leviathan kabi konlarini yopdi. Bu uzilishlar Yevropaning asosiy gaz fyucherslarini 28 foizgacha oshirdi.
Osiyo va Yevropa indekslari keskin pasayib ketdi
Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojaro global kayfiyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatganligi sababli, indeks aksiyalari keskin pasaydi. Jumladan:
- Nikkei 225 indeksi — (-6,41%)
- STOXX 50 — (-3,69%)
- DAX — (-4%)
- Kaspi 100 indeksi — (-1,95%)
Yo‘qotishlar AQSh indekslariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
- Dow Jones — (-1,70%)
- S&P500 — (-1,80%)
- Nasdaq 100 — (-2,28%)
- Russell 2000 — (-2,73%)
Ayrim qimmatbaho metall narxlari tushdi
Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi fonida kumush, platina fyucherslari narxining pasayishiga olib keldi.
Shuningdek, Xitoyda rekord darajadagi qayta ishlangan mis ishlab chiqarish va SHFE/LME zaxiralarining ko‘payishi mis narxini tushirib yubordi. Bundan tashqari, quyidagi qimmatbaho metall narxlarida pasayish bo‘ldi:
- Kumush — (-9,37%), bir unsiya 80,53 dollar
- Platina — (-9,79%), bir unsiya 2088 dollar
- Mis — (-2,53%), 5,8 dollarga tushdi
