2026-yilning yanvar oyida O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar 1 trln 306 mlrd so‘mga ko‘paydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Manba: Markaziy bank
1-fevral holatiga ko‘ra, banklarning umumiy kredit portfeli 610 trln 381 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 19 trln 361 mlrd so‘mi yoki 3,2 foizi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat banklari
1-fevral holatiga ko‘ra, davlat banklarining kredit portfeli 408 trln 859 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Bu barcha banklar kredit portfelining 67 foizi davlat banklari ulushiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.
Davlat banklarida muammoli kreditlar miqdori 13 trln 747 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Bu jami kredit portfelining 3,4 foizi deganidir.
Yanvar oyida davlat banklarida muammoli kreditlar 912 mlrd so‘mga oshgan.
Bunda SQB (379 mlrd so‘m), Asakabank (168 mlrd so‘m), AloqaBank (163 mlrd so‘m), MKBANK (109 mlrd so‘m) hamda O‘zmilliybank (81 mlrd so‘m) hissasi yuqori bo‘lgan.
Yanvar oyida davlat banklarining muammoli kreditlari ulushi 3,2 foizdan 3,4 foizga oshgan.
Boshqa banklar
1-fevral holatiga ko‘ra, boshqa banklarning kredit portfeli 201 trln 523 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Shundan 5 trln 615 mlrd so‘mi yoki 2,8 foizi muammoli kreditlarga to‘g‘ri keladi.
Yanvar oyida boshqa banklarning muammoli kreditlari 394 mlrd so‘mga ko‘paygan.
Bunda muammoli kreditlar ulushi 0,2 foiz bandga oshib, 2,8 foizga yetgan.
Eng sezilarli o‘sish Poytaxt Bank’da qayd etilgan bo‘lib, unda muammoli kreditlar ulushi 24,4 foizdan 33,8 foizga yetgan.
Garant Bank’da esa bu ko‘rsatkich 4,9 foiz bandga oshib, 9,8 foizni tashkil etgan.
Yanvar oyida Kapitalbank muammoli kreditlar ulushini 2,8 foizdan 2,7 foizgacha pasaytirishga erishgan. DavrBank’da bu ko‘rsatkich 0,1 foiz bandga kamayib, 3,1 foizga teng bo‘lgan.
AVO Bank”da esa muammoli kreditlar ulushi 8,2 foizdan 6,1 foizgacha tushgan.
Qolgan banklarda muammoli kreditlar ulushida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan.
