Osiyo bozorlari katta yo‘qotishga duch keldi
Janubiy Koreyaning Kospi indeksi mintaqaviy yo‘qotishlar bo‘yicha yetakchilik qildi.
Chunki Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq muammolar energiya ta’minotida uzilishlar xavfini orttirmoqda.
Kospi 12,1 foizga pasayib, 5093,54 punktga yetdi. Shuningdek, quyidagi ikdekslarda ham pasayish bo‘lgan:
- Nikkei 225 — 3,6 foizga
- Hang Seng Index — 2 foizga
- Shanghai Composite Index — 1 foizga
Koreya birjasi Kospi indeksi savdosini vaqtincha to‘xtatdi.
Texnologiyaga yo‘naltirilgan Kosdaq indeksi esa 8 foizdan ortiqqa pasaygan.
Samsung Electronics aksiyalari pasayib ketdi
Energiya ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlar Samsung Electronics va SK Hynix aksiyalari pasayishiga sabab bo‘ldi. Kompaniyalar aksiyalari mos ravishda 11,7 foizga va 9,6 foizga pasaydi.
Janubiy Koreyaning fond bozori bu yil dunyodagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lmoqda.
Ammo uning iqtisodiyoti savdo va yoqilg‘i importiga juda bog‘liq bo‘lib, bu esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali transport harakatida uzilishlar tufayli zarar ko‘rishiga olib kelishi mumkin.
Bitcoin narchi oshmoqda
4-mart kuni BTC Fyucherlari 4,08 foizga oshib, 71,225 dollarga yetdi.
Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp yirik banklarning kripto qonunlarini to‘sishga urinishdagi ayblovi sabab bo‘ldi.
Mazkur banklar stablecoinlarni tartibga soluvchi GENIUS Act va Senatdagi CLARITY Act qabul qilinishini sekinlashtirayotganini bildirdi.
Trampning fikriga ko‘ra, bu holat AQShning kripto sohasidagi ustunligiga Xitoy kabi raqobatchilari oldida putur yetkazishi mumkin.
BTC/USD - 4,28 foizga oshib, 70 ming 659 dollarga yetdi.
Micron Technology aksiyalari tushib ketdi
Bugun Micron Technology 7,99 foizga kamayib, 379 dollarga tushdi.
Kompaniya aksiyalari unga oid aniq salbiy yangilik sabab emas, balki geosiyosiy keskinlik ta’siriga tushdi.
Eron bilan bog‘liq mojaro neft va tabiiy gaz narxlarining oshishini kuchaytirdi.
Bu esa, suyultirilgan gaz importiga bog‘liq bo‘lgan Janubiy Koreyadagi yirik xotira ishlab chiqaruvchilari xarajatlariga bosim qilmoqda.
Natijada Micron ham umumiy bozordagi pasayish kayfiyati bilan birga tushib ketdi.
