Eron atrofidagi mojarolar fonida bitkoin narxi 11 foizga oshdi

05.03.2026 05:47
28-fevraldan 5-martgacha bo‘lgan muddatda bitkoin narxi 10,8 foizga oshdi. 5-mart kuni soat 10:13 holatiga ko‘ra, fond bozorida bitkoin narxi 72 810 dollarni tashkil etmoqda. Vaholanki, bitkoin narxi fevral oyi boshida keskin pasayib ketgan edi.
Eron atrofidagi mojarolar fonida bitkoin narxi 11 foizga oshdi

Foto: Bloomberg

28-fevraldan 5-martgacha bo‘lgan muddatda bitkoin narxi 10,8 foizga oshdi. 

5-mart kuni soat 10:13 holatiga ko‘ra, fond bozorida bitkoin narxi 72 810 dollarni tashkil etmoqda. 

Vaholanki, bitkoin narxi fevral oyi boshida keskin pasayib, 2024-yildagi eng quyi darajaga tushib ketgan edi. 

28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni boshladi. 

Forbes nashrining yozishicha, Prezident Donald Tramp mojaro bir necha hafta davom etishi mumkinligini aytganidan so‘ng bitkoin narxida sezilarli o‘sish kuzatilgan. 

Geosiyosiy noaniqliklar sharoitida investorlarning oltin va kumush singari bitkoinni ham xavfsiz aktiv sifatida ko‘rayotgani narxlarning oshishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, mojaro boshlangan kundan boshlab Eron kripto-birjalaridan mablag‘lar oqimi keskin ortgan. 

Tadqiqotchilar bu harakatlar ortida nima turganini aniq bilishning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. 

Britaniyalik tadqiqotchining o‘rganishlariga ko‘ra, mojaro boshlangan kuni bir necha soat ichida Eronning eng yirik kriptobirjasi Nobitex tizimidan qariyb 3 mln dollar chiqib ketgan.

#bitcoin

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar