O‘zbekistonda oltin quyma narxi uch kunda qariyb 5 foizga arzonladi

06.03.2026 06:36
6-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 2 mln 79 ming so‘mni tashkil etmoqda. Mamlakatda 29-yanvar kuni 1 gramm oltin quyma narxi 2 mln 173 ming so‘mga yetib, rekord o‘rnatgan edi. Shundan so‘ng narxlar nisbatan pasayib turdi.
O‘zbekistonda oltin quyma narxi uch kunda qariyb 5 foizga arzonladi

Foto: Bloomberg

6-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 2 mln 79 ming so‘mni tashkil etmoqda. 

06.03.2026 / Manba: Markaziy bank

Mamlakatda 29-yanvar kuni 1 gramm oltin quyma narxi 2 mln 173 ming so‘mga yetib, rekord o‘rnatgan edi. Shundan so‘ng narxlar nisbatan pasayib turdi. 

28-fevral kuni Eron atrofidagi mojarolar fonida oltin narxi yana o‘sishni boshladi va 3-martga kelib, oltin quymasi narxi 29-yanvarda qayd etilgan ko‘rsatkichga tenglashdi. 

Keyingi kunlarda esa narxlar pasaymoqda. 3-martdan 6-martgacha bo‘lgan davrda oltin quymasi narxi 4,5 foizga arzonladi.

Fond bozorida

6-mart kuni soat 11:20 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning bir troy unsiyasi narxi 5120 dollarni tashkil etmoqda. 

Skrinshot: Trading Economics

Qimmatbaho metall fond bozorida 28-yanvar kuni 5420 dollarga yetib, eng yuqori natijani qayd etgandi. 

Skrinshot: Trading Economics

Shundan keyingi kunlarda narxlar biroz pasayib, Eron atrofidagi geosiyosiy noaniqliklar fonida yana ko‘tarila boshladi. 

3-mart kuni narx 5320 dollarga yetdi. Keyingi kunlarda esa narxlar pasaymoqda.

Ma’lumot uchun, @tangauz_news Telegram kanalida oltin quymalari narxlarining kunlik o‘zgarishi berib boriladi.

#oltin

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar