Payme negizida yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi

11.03.2026 06:37
2026-yil 5-mart kuni Payme aksiyadorlari kompaniyani ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Payme negizida mustaqil faoliyat yurituvchi yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi.
Payme negizida yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Gazeta.uz

2026-yil 5-mart kuni Payme aksiyadorlari kompaniyani ajratib chiqarish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaror qildi

Unga ko‘ra, Payme negizida mustaqil faoliyat yurituvchi yangi TBC TECH kompaniyasi tashkil etiladi. 

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi belgilandi. 

Payme bosh direktoriga jarayon bilan bog‘liq barcha huquqiy va tashkiliy ishlarni boshlash vazifasi yuklatildi. 

Jarayon davomida avvalo kompaniyaning mavjud mulki va qarzlari tekshiriladi va taqsimlash balansi tuziladi.

Shu bilan birga, yangi TBC TECH kompaniyasiga o‘tkaziladigan xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi. 

Shuningdek, yangi kompaniyaning ustavi va boshqaruv tuzilmasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. 

Jarayonning shaffofligi va qonuniyligini ta’minlash maqsadida barcha zarur hujjatlar Markaziy bankka taqdim etiladi. Bundan tashqari, barcha kreditorlar qayta tashkil etish jarayoni haqida xabardor qilinishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, 2019-yilning aprel oyida Gruziyaning TBC Bank Group kompaniyasi Payme aksiyalarining 51 foizini 5,5 mln dollarga sotib olgan edi. 

Oradan to‘rt yil o‘tib, aniqrog‘i, 2023-yilning may oyida Gruziya kompaniyasi Payme aksiyalarining qolgan 49 foizini 55,7 mln dollarga xarid qildi

Hozirda Payme to‘lov tashkilotining yagona aksiyadori TBC Digital kompaniyasi hisoblanadi.

#payme#tbc_tech

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar