Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

11.03.2026 11:53
11-mart holatiga ko‘ra, tijorat banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasi 29,6 foizni tashkil etmoqda. So‘nggi bir hafta ichida bu ko‘rsatkich 0,3 foiz bandga oshdi. Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 0,4 foiz bandga kamaydi.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: UzA

Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning banklar kesimida foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi

10-mart holatiga ko‘ra, tijorat banklarida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,6 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir hafta ichida bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan. Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 0,1 foiz bandga oshib, 22,6 foizni tashkil etdi.

Eslatma

Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi. 

Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.

#mikroqarz#avtokredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar