2025-yilda to‘rtta aloqa operatori 2,5 trln so‘m soliq to‘ladi

12.03.2026 07:02
O‘zbektelekom kompaniyasi 2025-yilda 1,36 trln so‘m soliq to‘ladi. Kompaniyaning soliq to‘lovlari yillik hisobda 263 mlrd so‘mga yoki 24 foizga oshgan. Unitel (Beeline) soliq to‘lovlari esa 81 mlrd so‘mga kamayib, 495 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2025-yilda to‘rtta aloqa operatori 2,5 trln so‘m soliq to‘ladi

Foto: Yandex Maps

2025-yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi kompaniyalar 41 trln 645 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma'lumot berdi

Manba: Soliq qo'mitasi

Sohadagi eng yirik soliq to‘lovchi Asia Trans Gaz kompaniyasi bo‘ldi. 

Asia Trans Gaz — O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan kompaniya bo‘lib, mintaqaviy tabiiy gaz tranziti va magistral quvurlarni boshqaradi.

Keyingi o‘rinda aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbektelekom kompaniyasi joy oldi. Kompaniya yil mobaynida 1,36 trln so‘m soliq to‘lagan. 

Kompaniyaning soliq to‘lovlari 2024-yilga nisbatan 24 foizga yoki 263 mlrd so‘mga oshgan. 

Uning raqobatchisi Unitel (Beeline) kompaniyasining soliq to‘lovlari esa 81 mlrd so‘mga kamayib, 495 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Coscom (Ucell) yil davomida 360,3 mlrd so‘m, MobiUz esa 235,3 mlrd so‘m soliq to‘lagan. To‘rtala kompaniyaning umumiy soliq to‘lovlari 2,5 trln so‘mni tashkil etdi.

#xizmat_ko'rsatish#aloqa_operatorlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar