2025-yilda kredit tashkilotlari tomonidan 9 trln 470 mlrd so‘mlik faktoring xizmati ko‘rsatildi.
Bu 2024-yilga nisbatan 7 trln 610 mlrd so‘mga yoki 5 barobarga ko‘pdir.
Faktoring — bu kompaniyaning debitorlik qarzini oldindan naqd pulga aylantirish xizmatidir. Bunda faktoring tashkiloti qarzni sotib olib, belgilangan vaqtdan keyin mablag‘ni foizi bilan oladi.
Ko‘rsatilgan xizmatlarning 93 foizi tijorat banklari, qolgan qismi esa mikromoliya tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Yil davomida ko‘rsatilgan faktoring xizmatlarining 43 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Sohalar kesimida esa faktoring xizmatlarining katta qismi sanoat sohasiga ko‘rsatilgan.

Banklar ichida Asakabank (1,5 trln so‘m) eng ko‘p faktoring xizmatini ko‘rsatgan.

Banklarda faktoring xizmatining foiz stavkasi o‘rtacha ikki foizni tashkil etmoqda.

Xalqaro faktoring
2025-yilda xalqaro faktoring xizmatlari 642 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Xalqaro faktoring xizmatlari asosan Tojikiston (39%), Rossiya (33,7%), Qozog‘iston (10,3%) va Qirg‘iziston (9,9%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
