Fevral oyida elektromobillar savdosi 1,5 barobarga oshdi

13.03.2026 05:41
Fevral oyida yengil elektromobillar savdosi hajmi 6,9 mingtani tashkil etdi. Bu yanvar oyiga nisbatan 14 foizga ko‘pdir. O‘tgan yilning fevraliga qaraganda bu ko‘rsatkich 1,5 barobarga oshgan. Savdosining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Fevral oyida elektromobillar savdosi 1,5 barobarga oshdi

Foto: BYD

2026-yilning fevral oyida O‘zbekistonda avtomobil savdosi 84,2 mingtani tashkil etdi. 

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumot berdi

Fevral oyida avtomobil savdosi yanvar oyiga nisbatan 2 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 6,4 foizga o‘sgan. 

Yillik hisobda eng katta o‘sish Samarqand (65%), Toshkent (12%) hamda Sirdaryo (7,2%) viloyatlarida qayd etildi.

Yangi avtomobillar

Fevral oyida 24 mingta mahalliy avtomobil ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning fevraliga nisbatan 10,7 foizga ko‘pdir. 

Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosida ham o‘sish kuzatildi. 

Oy davomida mamlakatda bunday avtomobillardan 3 mingtasi sotilib, yillik hisobda 1,5 foizlik o‘sishga erishildi.

Elektromobillar

Fevral oyida yengil elektromobillar savdosi hajmi 6,9 mingtani tashkil etdi. Bu yanvar oyiga nisbatan 14 foizga ko‘pdir. 

O‘tgan yilning fevraliga qaraganda bu ko‘rsatkich 1,5 barobarga oshgan. 

Elektromobillar savdosining asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Fevral oyida poytaxtda 4,5 mingta elektromobil sotilgan bo‘lib, bu umumiy savdo hajmining 65 foizini tashkil etdi.

#elektromobillar#avtomobillar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar