IT Park Uzbekistan bosh direktori o'zgardi

13.03.2026 08:27
Azamat Karamatov IT Park Uzbekistan bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar ushbu lavozimda 2025-yilning aprel oyidan buyon Abdulahad Kuchkarov ishlab kelayotgan edi.
IT Park Uzbekistan bosh direktori o'zgardi

Chapda Abdulahad Kuchkarov. Foto: IT Park Uzbekistan

Azamat Karamatov IT Park Uzbekistan bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi

Tayinlovga qadar ushbu lavozimda 2025-yilning aprel oyidan buyon Abdulahad Kuchkarov ishlab kelayotgan edi. 

Shuningdek, IT Park Uzbekistan rahbariyatining quyidagi yangi tarkibi taqdim etildi:

  • Jahongir Rajabov — Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari
  • Lazizbek Xudayev — Rezidentlar bilan ishlash bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari
  • Mahliyoxon Muxsinova — Strategik rivojlanish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari
  • Dilafruz Miralimova — Inklyuziv rivojlanish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari
  • A’zam Abdullayev — Hududiy rivojlantirish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari

Azamat Karamatov haqida

Azamat Karamatov tayinlovga qadar IT Park Ventures fondining bosh direktori edi. 

Uning yangi lavozimdagi mas’uliyatlari qatoriga mamlakatda startap va venchur ekotizimini qo‘llab-quvvatlash ham kiradi. 

Azamat Karamatov / Foto: IT Park Uzbekistan

Karamatov 2007–2013-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. 

Keyinchalik Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan. 

Mehnat faoliyati davomida Raqamli texnologiyalar vazirligida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u xususiy sektorda ham salmoqli tajribaga ega. 

2024-yilning dekabr oyida IT Park Ventures fondi tashkil etilib, unga Azamat Karamatov bosh direktor etib tayinlangan edi.

#it_park#azamat_karamatov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar