Neft narxi oshishi global o‘sish va inflatsiyaga qanday ta’sir qiladi?

16.03.2026 08:16
2026-yilda neftning bir barrel narxi o‘rtacha 85 dollar atrofida bo‘lishi global o‘sish sur’atini 0,3-0,4 foiz bandga sekinlashtirishi, inflatsiyani esa 0,6 foiz bandga tezlatishi mumkin. Bu haqda Garvard universiteti professori ma’lum qildi.
Neft narxi oshishi global o‘sish va inflatsiyaga qanday ta’sir qiladi?

Foto: oxu.az

2026-yilda neftning bir barrel narxi o‘rtacha 85 dollar atrofida bo‘lishi global o‘sish sur’atini 0,3-0,4 foiz bandga sekinlashtirishi mumkin. 

Bu haqda Garvard universiteti professori Gita Gopinat o‘zining X sahifasida ma’lum qildi

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holat global inflatsiya o‘sishiga ham ta’sir ko‘rsatib, yillik 0,6 foiz bandga tezlatishi mumkin. 

Eron mojarosidan avval 2026-yil uchun global o‘sish sur’ati 3,3 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilingan edi. Bunda neftning o‘rtacha narxi 65 dollar atrofida bo‘lishi kutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Eron atrofidagi mojarolar boshlangan kunda Brent markali neftning bir barreli 73 dollarni tashkil etgan. 

16-mart soat 10:30 holatiga ko‘ra, narx mojarolar boshlangan kunga nisbatan 44 foizga oshib, 105 dollarga yetgan. 

Skrinshot: Trading Economics

Mojarolar fonida neftning eng yuqori narxi 9-mart kuni qayd etilib, o‘sha kuni tongda narx qisqa muddatga bir barrel uchun 119 dollar atrofida shakllangan edi. 

10-martdan 16-martgacha bo‘lgan davrda narxlar sezilarli darajada o‘sib, shu muddat ichida 20 foizga qimmatladi.

#gita_gopinat#neft

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar