10-mart kuni Madad Invest Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida bankning firma nomini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Yakunda aksiyadorlar bankning Madad Invest Bank firma nomini mybank deb o‘zgartirishga qaror qildi.
Mazkur qaror Markaziy bank bilan kelishilgach rasman kuchga kiradi. Qaror ijrosi ustidan nazorat bank Kuzatuv kengashiga yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabr oyida Smartbank nomi openbank deb o‘zgartirilgandi.
Shuningdek, shu yili Ipak Yuli banki ham o‘z logotipini yangilagan.
