Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2026-yil fevral oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori tahlilini taqdim etdi.
Tahlilga ko‘ra, fevral oyida 29,7 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,2 mingtaga yoki 32,4 foizga ko‘pdir.
Eng sezilarli o‘sish Navoiy (53%) va Sirdaryo (39%) viloyatlarida kuzatildi. Toshkent shahrida esa bitimlar soni 49 foizga ko‘paygan.
Yanvar oyiga nisbatan sezilarli o‘sish Toshkent viloyatida (25%) qayd etildi. Shuningdek, Navoiy (22,6%) hamda Sirdaryo (13,4%) viloyatlarida ham oylik o‘sish yuqori bo‘ldi.
Fevral oyida Toshkent shahrida 8,9 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi tuzildi. Bu barcha bitimlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
Ikkilamchi bozor
Fevral oyi davomida respublika bo‘yicha ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘sishi biroz sekinlashdi. Biroq yillik hisobda narxlar 9 foizga oshgan.
.jpg)
Eng sezilarli o‘sish Surxondaryo viloyatida (22%) kuzatildi. Toshkent viloyatidan tashqari barcha hududlarda ikkilamchi uy-joy narxlari yillik hisobda oshgan.
Poytaxt
Fevral oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxlari yillik hisobda 3,2 foizga oshgan.
Eng sezilarli o‘sish Mirobod (7%), Yakkasaroy (5,6%), Shayxontohur (5,4%) hamda Chilonzor (5,3%) tumanlarida kuzatildi.
Poytaxtdagi yangi uylar narxlari esa nisbatan sezilarli o‘sib, 11,5 foizni tashkil etdi.
Narxlarning eng yuqori o‘sishi Mirobod (18%), Mirzo Ulug‘bek (15,4%) hamda Yunusobod (15,2%) tumanlarida qayd etildi.
Poytaxtda ijara narxlari
Fevral oyida poytaxtda uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi o‘zgarishsiz qolib, bir kvadrat metr uchun taxminan 8,7 dollarni tashkil etdi.
Biroq yillik hisobda 8 foizga oshgan. Poytaxtning markaziy tumanlaridagi ijara narxlari bu oyda ham yuqoriligicha qoldi.
Jumladan, Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun taxminan 11 dollar atrofida bo‘ldi.
.jpg)
O‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan Yashnobod tumanida ijara narxlari 16 foizga oshgan.
Shuningdek, Sergeli (13%), Yunusobod (12%), Olmazor (11%) hamda Shayxontohur (10%) tumanlarida ijara narxlari yillik hisobda ko‘proq oshgan.
