Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

19.03.2026 08:54
O'zbekchaРусский
2026-yil 16-mart kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,3 foizni tashkil etdi. Bu statistika e’lon qilina boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. Shu kuni avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,8 foizga teng bo‘ldi.
Mikroqarz va avtokreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Foto: Vzglyad.uz

Markaziy bank banklar kesimida mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari to‘g‘risida ma’lumot berdi

2026-yil 16-mart kuni aholiga ajratilgan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 29,3 foizni tashkil etdi. 

Bu statistika e’lon qilina boshlaganidan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Shu kuni avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22,8 foizga teng bo‘ldi. 

Bir hafta ichida mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,2 foiz bandga, avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa 0,3 foizga pasaygan.

Eslatma

Mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkalari tadbirkorlik uchun alohida shartlardagi kreditlar, ish haqi doirasida va shu kabi alohida shartlarda ajratiladigan kreditlarni o‘z ichiga oladi. 

Avtokreditlarning o‘rtacha stavkasi esa tijorat banklari avtosanoat korxonalari bilan kelishgan holda turli qulay shartlarda past foizli avtokreditlar taklif qilishi tufayli, o‘rtacha foiz stavkali banklar taklif etayotgan amaldagi foiz stavkalaridan farq qilishi mumkin.

#mikroqarz#avtokredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar