2025-yilda hh.uz platformasida taklif etilayotgan oylik maoshlar qanday o‘zgardi — tahlil

19.03.2026 12:02
O'zbekchaРусский
2025-yilda hh.uz platformasida taklif etilgan o‘rtacha median ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,8 foizga kam. Maoshlar o‘sishi bo‘yicha turizm, mehmonxonalar va restoranlar sohasi yetakchilik qilmoqda.
2025-yilda hh.uz platformasida taklif etilayotgan oylik maoshlar qanday o‘zgardi — tahlil

Foto: spark.ru

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 6,4 mln so‘mni tashkil etdi. 

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi 2024-yilga nisbatan 1 mln so‘mga yoki 19 foizga oshgan. 

Inflyatsiyani hisobga olganda yillik o‘sish esa 9,3 foizga teng bo‘lgan.

hh.uz platformasidagi maoshlar

2025-yilda hh.uz platformasida taklif etilgan o‘rtacha median ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,8 foizga kam.

O‘rtacha ish haqini hisoblashda barcha maoshlar yig‘indisi xodimlar soniga bo‘linadi, median ish haqi esa maoshlar tartiblanganda o‘rtadagi qiymatni olish bilan aniqlanadi.

Platformada taklif etilgan ish haqlari miqdori bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qildi. 

Shunga qaramay, poytaxtda taklif etilayotgan o‘rtacha median ish haqi 2024-yilga nisbatan kamayib, 5,4 mln so‘mni tashkil etgan. 

Samarqand maoshlar yuqoriligi bo'yicha poytaxtdan keyingi o‘rinni egalladi. U yerda taklif etilayotgan o‘rtacha median ish haqi biroz oshib, 5 mln so‘mga yetgan. 

Sohalar kesimida eng yuqori maosh avtomobil biznesida taklif etilib, 7 mln so‘mni tashkil qilgan. 

Infografika: tanga.uz

Ta’lim, menejment, marketing, reklama, sport klublari va go‘zallik salonlari sohalaridagi maoshlar deyarli bir-biriga yaqin bo‘lib, 6,4 mln so‘mga teng bo‘lgan.

Maoshlar o‘sishi bo‘yicha turizm, mehmonxonalar va restoranlar sohasi 16,2 foizlik ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. 

Eng katta pasayish esa konsalting sohasida qayd etilib, 70 foizni tashkil qilgan.

#hh.uz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar