Soliq qo‘mitasi Soliq mobil ilovasi orqali cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida Evos fast-fud tarmog‘ining 282 ming dona cheki ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Buning uchun iste’molchilarga 230 mln so‘m keshbek to‘lab berilgan.

Infografika: Soliq qo'mitasi
Tarmoq cheklari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 ming donaga (6 foiz), 2024-yilning mos davriga nisbatan esa 60 ming donaga (21 foiz) kamaygan.
Ushbu pasayish nafaqat cheklar sonida, balki tarmoqning ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklariga hisoblangan keshbek miqdorida ham kuzatilgan.
Jumladan, 2026-yil yanvaridagi keshbek summasi 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 mln so‘mga, 2024-yilning mos davriga qaraganda esa 22 mln so‘mga kamaygan.
Ma’lumot uchun, Evos tarmog‘i 2025-yilda 69 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
.jpg)